Jahon

NATOning vazifasi maslahat berish emas — Yens Stoltenberg

Ittifoq bosh kotibi Ukrainaga harbiy qo‘shin yuborilmasligini ma’lum qildi.

NATOning vazifasi maslahat berish emas — Yens Stoltenberg

 

Shimoliy Atlantika alyansi hali ham Ukrainaga o‘z qo‘shinlari va havo kuchlarini yuborishni rejalashtirmayapti. Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qildi

 
“Ittifoqchilar Ukrainaga NATO qo‘shinlarini yubormaslik va alyans samolyotlarini Ukraina havo hududiga jo‘natmaslikka rozi”, — degan Stoltenberg.

 

Uning ta’kidlashicha, alyans bu pozisiyaga amal qiladi, chunki u Rossiya va NATO o‘rtasidagi urushning oldini olish uchun javobgardir.

 

NATO ittifoqchilarining tashqi ishlar vazirlari 6-7 aprel kunlari bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ukrainaga yana qanday yordam ko‘rsatishi mumkinligi, shuningdek, Rossiyaga qarshi keyingi choralarni muhokama qiladi.

 

Stoltenbergning aytishicha, NATOning vazifasi Ukrainaga yordam berish, qanday bitimlar tuzish haqida maslahat berish emas.

 

“Maslahat berish men uchun emas, balki mening vazifam va NATOning vazifasi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir. Qaysi tinchlik kelishuvlari qabul qilinishini Ukraina rasmiylari, prezident Zelenskiy va Ukraina xalqi hal qiladi”,— deya qo‘shimcha qildi NATO Bosh kotibi.

 

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

NATOning vazifasi maslahat berish emas — Yens Stoltenberg | Zamon.uz