Toshkentda benzin quyish shoxobchasining 3 nafar xodimi tоksik moddadan hushini yo‘qotdi
Hozirda ular Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Bugun, 5-aprel kuni Chilonzor tumani “Al-Xorazmiy” ko‘chasida joylashgan avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchasida 3 nafar ishchi xodim benzin yonilg‘isi saqlanayotgan sisternalar oralig‘idan hushini yo‘qotgan.
Tuman FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiha yetib borgan va xodimlarni xavfsiz hududga olib chiqishgan. Shundan so‘ng ularga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni vaqtda Toksik moddadan zaharlangan ishchilar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga joylashtirilgan.
Voqea sababi o‘rganilganda, ishchilar yonilg‘i quyish shoxobchasi hududining yerostiga ko‘milgan 3 dona katta sig‘imli benzin sisternalari orasida yig‘ilib qolgan suyuqlikning kuchli konsentrasiyasi oqibatida hushlarini yo‘qotgani ma’lum bo‘lgan.
Voqea joyiga 3 ta qutqaruv ekipaji, tuman prokuraturasi, IIB tezkor tergov guruhi va SSB xodimlari yuborilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








