Putinning qizlari “qora ro‘yxat”ga kiritilishi mumkin
Ularga Yevropa Ittifoqining sanksiyalari xavf solmoqda.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban Yevropa Ittifoqi Vladimir Putinning ikki qiziga nisbatan sanksiyalar joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “The Wall Streyet Journal” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yekaterina va Mariyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llash ko‘p jihatdan ramziy harakat. Chunki ularning Rossiyadan tashqarida katta boyliklari bor-yo‘qligi noma’lum.
Hali ham o‘zgarishi mumkin bo‘lgan sanksiyalar ro‘yxatiga yana o‘nlab shaxslar, jumladan, siyosatchilar, oligarxlar va ularning oila a’zolari, bir qancha targ‘ibotchilar kiritilgan.
Sanksiyalar paketi Yevropa Ittifoqining 27 a’zosi tomonidan ma’qullanishi kerak.








