Jahon

Xitoy 2030 yilda yadro qurollari sonini mingtaga yetkazmoqchi — Pentagon

Shuningdek, Pekinning yadro va strategik qurollari kuchayib borayotganligi qayd etildi.

Xitoy 2030 yilda yadro qurollari sonini mingtaga yetkazmoqchi — Pentagon

 

Xitoyning yadroviy va strategik qurollarining katta surʼatda rivojlanishi Qo‘shma shtatlar uchun o‘sib borayotgan tahdid hisoblanadi. Bu haqda AQSH qurolli kuchlarining strategik qo‘mondonligi rahbari admiral Charlz Richard maʼlum qildi.

 

"XXR yuqori surʼatda o‘z yadro va strategik kuchlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Shu bilan birga ularning bu qurollardan qanday maqsadda foydalanishi nomaʼlum. Yaqinda sinovdan o‘tkazilgan gipertovushli qurol — o‘sib borayotgan salohiyatning faqatgina bir misolidir" — degan Richard.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Pekin gipertovushli qurolni sinovdan o‘tkazganda, u 40 ming kilometr uzoqlikka uchgan va 100 daqiqadan ortiq havoda qolgan. Bu kabi raketalar hozirda dunyoning hech bir davlatida yo‘q. Richardning qayd etishicha, Xitoy gipertovushli tizim va texnologiyalarga katta mablag‘ ajratmoqda.

 

"Xitoy shuningdek, plutoniy ishlab chiqarish va boyitishga ham katta eʼtibor qaratmoqda. Bu 2027 yilda 700 ta yadro quroliga ega bo‘lish imkonini beradi. Katta ehtimol bilan XXR 2030 yilda ularning sonini mingtaga yetkazmoqchi", — deb aytgan qo‘mondon.

 

Xitoyda hozir 350 yadro quroli bor.

 

Avvalroq AQSH mart o‘rtalarida maxfiy tarzda gipertovushli raketa sinovini o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoy 2030 yilda yadro qurollari sonini mingtaga yetkazmoqchi — Pentagon | Zamon.uz