AQSHning Hindistondan xafsalasi pir bo‘lyapti (mi?)
Baydenning maslahatchilaridan biri Dehlini Moskva bilan aloqalarning oqibatidan ogohlantirdi.

AQSH Hindistonni Rossiya bilan qalin iqtisodiy aloqalarning oqibatidan ogohlantirdi. Bu haqda Jozef Baydenning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Brayan Diz maʼlum qildi.
Dizning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bilan strategik hamkorlik Hindiston uchun qimmatga tushishi mumkin: uning oqibatlari “sezilarli va uzoq muddatli” bo‘ladi.
“Shubhasiz, ayrim jabhalarda Xitoy va Hindiston harakatlaridan xafsalamiz pir bo‘ldi”, – deb qo‘shimcha qilgan u.
Hindiston Rossiya qurollarining yirik importyori hisoblanadi. shuningdek, rasmiy Dehli Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etishdan bosh tortdi.
Avvalroq Pentagon Hindistonning Rossiyadan qurol sotib olishidan noroziligi maʼlum bo‘lgandi.







