Energetika vaziri lavozimidan ozod qilindi
Ma’lum qilinishicha, bunga vazirning salomatligi sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Alisher Saidabbasovich Sultanov salomatligi tufayli boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bedi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda Energetika vazirligi 2019-yil fevral oyida tashkil etilgan. Vazirlikka O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Alisher Sultonov rahbarlik qilgan.








