Dunyoning eng yosh yetakchilari kim?
Hozirgi kunda jahonning qator davlatlariga yoshi 40–50 atrofida bo‘lgan siyosatchilar rahbarlik qiladi.

Markaziy Osiyoning eng yosh prezidenti
12 mart kuni Turkmanistonda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 9 nafar nomzod davlat rahbari lavozimi uchun kurashgan. S.Berdimuhammedovga saylovchilarning 73 foizi ovoz bergan. Saylovda jami saylovchilarning 97 foizi ishtirok etgan. Turkmanistonning amaldagi rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov 11 fevral kuni parlamentda hokimiyatni yoshlarga berishini ma’lum qilib, o‘rnini o‘g‘liga bo‘shatib berdi.
U Turkmaniston tarixidagi eng yosh prezidentga aylandi. Shuningdek, Markaziy Osiyoning amaldagi yetakchilari orasida ham eng yosh rahbar (40 yoshda).
29 yoshda hokimiyatga kelgan yetakchi
Kim Chen In 1982 yilda tug‘ilgan. 2011 yilda otasi Kim Chen Ir vafot etgandan so‘ng, u hokimiyat tepasiga keladi. O‘shanda Shimoliy Koreyaning yangi yetakchisi 29 yoshda bo‘lgan.
Ko‘pchilik Kim Chen Inning tinchlikparvar siyosat yuritishiga, Shimoliy koreya aholisi uchun iqtisodiy yengillik yaratib berishini kutgandi. Ammo uning davrida KXDR rasman yadro davlatlari klubiga qo‘shildi: Koreya yarimorolidagi vaziyat avvalgi davrga qaraganda yanada keskinlashdi.
Mamlakat tarixida qolgan Makron
Makron 2017 yilda Fransiya prezidenti etib saylanadi. O‘shanda u 39 yoshda edi. Bunga qadar u Fransiyaning iqtisodiyot vaziri bo‘lgan. Qizig‘i, Makron mamlakat tarixidagi eng yosh prezident hisoblanadi.
2022 yil martida u ikkinchi marta prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzodini ilgari surdi. So‘nggi so‘rovnomalarga ko‘ra, u boshqa nomzodlar orasida yetakchilikni saqlab turibdi.
20 yoshida siyosatga kirib kelgan rahbar ayol
Sanna Marin Finlyandiya davlat tuzilishiga ko‘ra, parlament respublikasi hisoblanadi va mamlakat amalda bosh vazir tomonidan boshqariladi. Sanna Marin 1985 yilda tug‘ilgan. O‘z siyosiy kar’yerasini u 20 yoshda boshlagan. 2015 yilda — 30 yoshga to‘lganda u fin parlametni a’zosiga aylangan.
Sanna Marin 2019 yilda mamlakat bosh vaziri etib tayinlandi. O‘sha paytda u dunyoning eng yosh hukumat rahbari bo‘lgan. Qizig‘i, Marin tomonidan shakllantirilgan hukumat tarkibida ayollar soni ko‘p — 12 ta (7 nafar erkak vazir).
Kinodagi obrazi reallikka aylangan Prezident
O‘tmishda muvaffaqiyatli aktyor va shoumen bo‘lgan Vladimir Zelenskiy hech qanday siyosiy tajribasiz bir urinishdayoq ukraina prezidentiga aylandi (2019 yilda)
Zelenskiy prezident bo‘lishidan avval “Xalq xizmatkori” teleserialini suratga olgan. Unda o‘zi bosh rolni ijro etgan. Serial qahramoni oddiy o‘qituvchilikdan prezidentlikkacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tadi. Ukrainada yirik islohotlarni amalga oshiradi. Oradan bir necha yil o‘tib, serial voqealari reallikka aylandi.








