Makron: Ukrainaga yaqin haftalar ichida tinchlik qaytmaydi
U Donbassda o‘ta og‘ir vaziyat shakllanishidan ogohlantirgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ukrainadagi harbiy mojaro yaqin haftalarda tugamasligini maʼlum qildi. U bu haqda RTL radiostansiyasiga bergan intervyusida aytgan.
“Afsuski, bu nizo yaqin orada tugamaydi. Fikrimcha, keyinga haftalarda biz Donbassda o‘ta og‘ir vaziyatni ko‘ramiz”, – degan Fransiya yetakchisi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Parij Turkiya, Gretsiya va BMT bilan birgalikda Mariupol va Dnepr shaharlarida gumanitar operatsiya o‘tkazmoqda.
Avvalroq Vladimir Zelenskiy urush qachon tugashini bilmasligini aytgandi.







