Obama Tinchilik bo‘yicha "Nobel" olganda nega Erdo‘g‘on olmasligi kerak — Mevlut Chavusho‘g‘li
Turkiyalik deputatlar Ukrainadagi saʼy-harakatlari uchun Erdo‘g‘onni "Nobel" mukofotiga nomzodini ko‘rsatmoqchi.

Turkiyaning hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi vakillari o‘z yetakchisi va davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi inqirozni hal qilishdagi saʼy-harakatlari uchun Tinchlik bo‘yicha "Nobel" mukofotiga nomzodini ko‘rsatish tarafdori, deb yozadi "Hurriyet" gazetasi.
Nashrning yozishicha, bu masala AKP ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘tarilgan.
“Prezidentimiz Tinchlik uchun “Nobel” mukofotiga muhtoj emas, lekin bir vaqtlar bu mukofot AQSHning sobiq prezidenti Barak Obamaga berilgan bo‘lsa, Erdog‘anning Ukrainada tinchlikni taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari uchun unga ham “Nobel” mukofoti berilishi kerak", — deya Turkiyaning hukmron partiyasi ijroiya qo‘mitasi aʼzosi Sunay Karamak so‘zlaridan iqtibos keltirdi nashr.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Erdo‘g‘onga "Nobel" mukofoti berish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
“Aslida, hech narsa qilmagan Obamaga faqat Falastin muammosini hal etishdagi saʼy-harakatlari uchun Tinchlik uchun "Nobel" mukofoti berildi. Ammo prezidentimiz ko‘proq ish qildi. Shuning uchun u "Nobel"ga loyiq“, — deya Chavusho‘g‘lining so‘zlarini keltiradi gazeta.
68 yoshli Erdo‘g‘on, agar unga mukofot berilsa, Tinchlik uchun "Nobel" mukofotidan voz kechishini bir necha bor aytgan edi.







