O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli bolalar maktab internatiga tashrif buyurdi

Tashrif chog‘ida Prezident mutasaddilar uchun videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli bolalar maktab internatiga tashrif buyurdi

 

8 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

 

Davlat rahbari so‘zining avvalida Qur’oni karimning “Rahmon” surasidagi “Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir”, degan oyatni yodga oldi.

 

Keksalarga hurmat, muhtojlarga mehr-muruvvat ko‘rsatish xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Pandemiya davrida “Saxovat va ko‘mak” umumxalq harakati keng tarqalib, elimiz ehtiyojmandlarga beg‘araz yordam bergani, qiyinchilik va sinovlarni bahamjihat yengib o‘tgani buning yorqin misoli bo‘ldi.

 

Inson qadrini ulug‘lash, mehr va yordamga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash – davlatimiz ijtimoiy siyosatining muhim yo‘nalishi. Bu borada juda ko‘p xayrli ishlar qilinmoqda.

 

O‘tgan yili 25 martda qabul qilingan Prezident farmoni asosida keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarini yaxshilash choralari ko‘rildi. Jumladan, Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tashkil etilib, “Saxovat” va “Muruvvat uylari”, faxriylar sanatoriy va pansionatlari, boshqa qator tibbiy-ijtimoiy muassasalar uning tasarrufiga o‘tkazildi.

 

“Saxovat”, Muruvvat” uylari, Respublika faxriylar pansionatining rahbar va shifokorlari ish haqi 1,5 barobarga, kichik va o‘rta tibbiyot xodimlari ish haqi 2 barobarga oshirildi.

 

Ushbu internat uylarda yashovchi 9 ming 400 nafar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda 18 ming nafar yolg‘iz fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

 

“Zamin” jamg‘armasi bilan hamkorlikda zaif eshituvchi 2 mingdan ziyod bolalar raqamli eshitish moslamalari bilan ta’minlandi, 11 ta ixtisoslashgan maktab-internat yordamchi tovush-nutq vositalari bilan jihozlandi. Nogironligi bo‘lgan 900 nafar bola protez-ortopediya moslamalari, 1 ming 100 nafar shaxs pultli aravachalar bilan ta’minlandi.

 

Yig‘ilishda viloyat hokimlari o‘z hududidagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarga borib, u yerdagi ahvolni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgani, muammolarni o‘rgangani haqida axborot berdi.

 

Jumladan, 12 ta “Saxovat” va “Muruvvat” uyida qo‘shimcha bino, 7 tasida yotoqxona, oshxona, tibbiyot bo‘limi, sport zali qurish, 21 tasida binolar va isitish-sovutish tizimini ta’mirlash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, 6 ta “Mehribonlik uyi”, imkoniyati cheklangan bolalarga ixtisoslashgan 11 ta maktab-internat ta’mirga muhtoj.

 

Prezident mutasaddilarga barcha tibbiy-ijtimoiy muassasalar ahvolini yana bir bor chuqur o‘rganib, zarur qurilish va ta’mirlash ishlarini qamrab olgan holda 2022-2024 yillarga mo‘ljallangan hukumat qarori loyihasini tayyorlashni vazifa qilib qo‘ydi.

 

Bunday muassasalardagi keksalar, nogironligi bo‘lgan bolalar va shaxslarni to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, ularni manzilli davolanish va dam olishga yo‘naltirish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Ota-ona qaramog‘idan mahrum ko‘plab bolalar oilalarga qaytayotgani, 10 ta mehribonlik uyi, 3 ta bolalar shaharchasi va 2 ta bolalar uyi ehtiyoj qolmagani sababli yopilgani qayd etildi.

 

– Bolalar uylari va ulardagi yetimlar soni kamaygani xalqimizning yuksak ma’naviyati, iymon-insofini ko‘rsatib turibdi. Lekin, mamlakatimizda umuman yetimlar bo‘lmasa, qanday yaxshi bo‘lar edi. Shuning uchun, imkon qadar ularni munosib oilalarga farzandlikka berish choralarini ko‘rish lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Tibbiy-ijtimoiy muassasalar direktorlari so‘zga chiqib, taklif va mulohazalarini bildirdi.


Yig‘ilishda mahallalarni ozoda va yashil makonga aylantirish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish vazifalari ham belgilandi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 102-sonli bolalar maktab internatiga tashrif buyurdi | Zamon.uz