Xitoyning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari sanksiyalar kuchini kamaytirmaydi — Jonson
Britaniya Bosh vaziri Pekin uchun Moskvani qo‘llab-quvvatlash tobora qiyinlashayotganini aytdi.

Rossiyani qo‘llab-quvvatlab, Gʻarbda obro‘sini yo‘qotishi Xitoyga tobora qimmatga tushmoqda. Bu haqda Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.
"Xitoy qiziqarli savolga javob berishi kerak. Ular haqiqatdan ham o‘zlarini Bucha va Mariupoldagi hodisalar bilan bog‘lashni istaydimi? Fikrimcha, bu masalaga javob berish kun sayin Pekinga og‘ir bo‘lib bormoqda", — degan u.
Shu bilan birga, Jonson Xitoy, Hindiston va boshqa davlatlarning Moskva bilan iqtisodiy hamkorligi Gʻarb sanksiyalarining samarasini pasaytirmaydi. U vaqt o‘tishi bilan cheklovlar sezilarli bo‘lib borishini ta’kidlagan.
Avvalroq Jonson RF oltin zahiralariga bo‘lgan cheklovni kuchaytirishni taklif qilgandi.








