Jahon

Buyuk Britaniya Putin va Lаvrovning qizlariga nisbatan sankiyalar joriy qildi

Har uchala ayolning Britaniyaga kirishi taqiqlanadi va aktivlari muzlatiladi.

Buyuk Britaniya Putin va Lаvrovning qizlariga nisbatan sankiyalar joriy qildi

 

Buyuk Britaniya Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki qizi va mamlakat tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning qiziga qarshi sanksiyalar joriy qildi. Bu haqda Britaniya tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 


Qayd etilishicha, Yekaterina Tixonova, Mariya Vorontsova va Yekaterina Vinokurning Buyuk Britaniya hududiga kirishi taqiqlanadi, ularning Britaniyada joylashgan barcha aktivlari muzlatiladi.


"Bizning misli ko'rilmagan sanksiyalar paketimiz elita va ularning oilalariga zarba bermoqda, chunki Rossiya iqtisodiyoti Sovet Ittifoqi qulaganidan beri Rossiya ko'rmagan miqyosda tanazzulga yuz tutmoqda", dedi Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Truss. 

 

U shuningdek, bu borada yana ko'p ish qilish kerakligini qo'shimcha qildi. Eslatib o'tamiz, bir necha kun avval Putinning qizlari YeI sanksiyalariga tushib qolish xavfi borligi haqida xabar berilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Buyuk Britaniya Putin va Lаvrovning qizlariga nisbatan sankiyalar joriy qildi | Zamon.uz