O'zbekiston

Qashqadaryolik erkak eshaklarni nima uchun kaltaklaganini aytdi

Ma’lum qilinishicha, voqea 2021 yilning avgust oyida sodir bo‘lgan.

Qashqadaryolik erkak eshaklarni nima uchun kaltaklaganini aytdi

 

Ijtimoiy tarmoqda qashqadaryolik ota va o‘g‘il 3 eshakni tayoq bilan kaltaklagani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgandi. Erkak sud majlisida eshaklarni nega kaltaklaganini tushuntirdi.

 

Ta’kidlanishicha, voqea 2021-yil 20-avgust kuni sodir bo‘lgan. O‘sha paytlar hududda suv juda tanqis bo‘lgani sababli chelaklab suv tashilib, yerlar sug‘orilgan. Eshaklar esa shu yerni payhon qilgan.

 

“Avgust oyida karantin vaqti suv juda tanqis edi, chelaklab sug‘orar edik. Mevali, manzarali daraxtlar ekkandik, komandirlar kecha borib ko‘rdi. Bu joyda bolalarim juda qattiq mehnat qilgan. Eshaklar yerni payhon qilgan. Achchig‘im chiqqanidan urib yuborganman. Ularni mayib qilib, biror yeridan qon chiqarganim yo‘q”, — degan Ilyos Alisherov.

 

Avvalroq eshaklarni kaltaklagan erkak 12 sutkaga qamalgani xabar qilingandi.

 

custom img

Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasidagi ayrim nazorat punktlari 24 soat ishlaydi

Chegaradan oʻtish tartibi soddalashtirilib, oʻtkazuvchanlik quvvati oshiriladi.

custom img

“Men har biringizni eshitaman”: Saida Mirziyoyeva OAV xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi

Prezident administratsiyasi rahbari jurnalistlarning faoliyati davlat boshqaruvida muhim o‘rin tutayotganini ta’kidladi.

custom img

Jizzaxda ayol qo‘shnisining bolasini kaltakladi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Tramp o‘z surati tushirilgan AQSHning yangi esdalik pasporti namunasini namoyish etdi

Cheklangan miqdorda chiqariladigan hujjat Vashingtondagi pasport agentligiga shaxsan murojaat qilib pasportini yangilagan fuqarolarga beriladi.

custom img

O‘zbekistonda 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi cheklanishi mumkin

Ushbu masala bo‘yicha qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘yish ko‘zda tutilmoqda.

custom img

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmagan kosmetika preparatlaridan foydalanganlarda botulizm aniqlandi

Ayrim bemorlarda “Refinex Botulinum Toxin Type A for Therapy” hamda “Dysport” preparatlari kosmetologik maqsadlarda qo‘llanganidan so‘ng og‘ir nojo‘ya reaksiyalar qayd etilgan.

custom img

O‘zbekistonda alkogol va tamaki aylanmasi bo‘yicha 3 mingdan ortiq noqonuniy holatga chek qo‘yildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi sohada amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berdi.

custom img

“Oltin qalam” Milliy mukofoti – 2026 tanlovi g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi

Sherzod Asadov Prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrigini o‘qib eshittirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"