“SpaceX” Xalqaro kosmik stansiyaga sayyohlarni yubordi
Tijoriy parvoz narxi 55 million dollar.

SpaceX “Axiom Space” tomonidan tashkil etilgan sayohat doirasida Xalqaro kosmik stansiyaga uch nafar sayyohni jo‘natdi.
Bu avvalroq Xalqaro Kosmik Stansiyaga astronavtlarni yuborgan korporasiya uchun birinchi tijoriy parvozdir.
Ekipaj tarkibiga NASAning sobiq astronavti Maykl Lopes-Alegriya, uchuvchi vazifasini bajaradigan amerikalik tadbirkor Larri Konnor, kanadalik investor Mark Pati va isroillik tadbirkor Eytan Stibbe kiradi. Ularning barchasi tibbiy ko‘rikdan va maxsus tayyorgarlikdan o‘tgandan so‘ng parvozga ruxsat etildi.
XKSga sayohat narxi 55 million dollarga baholanmoqda. Sayohlar Yerga 19-aprelda qaytishlari kerak.
Kelgusi yilda “Axiom Space” XKSga yana bir missiya yuborishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, kompaniya 2024 yilda o‘zining orbital majmuasini ochmoqchi.








