O'zbekiston

57 ming o‘qituvchining yarimi universitetda o‘qimagan — professor

SamDU rektori Prezidentga ta’limdagi kamchiliklarni birma-bir sanab berdi.

57 ming o‘qituvchining yarimi universitetda o‘qimagan — professor

 

5 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida xalq ta’limidagi ishlarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘zga chiqqan Samarqand davlat universiteti rektori prezidentga tizimdagi muammolarni birma-bir sanab berdi. 

 

“Samarqand viloyatini maktablarini o‘rgandik. 57 ming o‘qituvchidan kamida yarimi universitetda o‘qimagan, chala o‘qigan menga o‘xshagan rektor yolg‘ondan diplom berib yuborgan. Ko‘pchiligi yolg‘on diplom bilan maktabga borgan.

 

O‘qituvchilardan yozma imtihon oldik. Ularning 50–60 foizi o‘zi o‘tadigan fandan bahosi — ikki. Qolgani o‘ziga yarasha – uch, to‘rt, beshligi juda oz. Shuning uchun biz o‘z fanidan kuchli bo‘lgan o‘qituvchilar malakasiz hamkasblarini o‘qitishi kerakligi haqidagi qarorga keldik.

 

Ko‘p yolg‘onlar bartaraf etilyapti, lekin ayrimlari davom etyapti. Muallimga toifa berish – yolg‘on, malaka oshirish tizimi – yolg‘on, nima qilayotganini ularning o‘zi ham bilmaydi. Ilgari bir oylik malaka oshirish tizimi bor edi. 4–5 yil universitetda o‘qimagan odamga qanday qilib bir oyda bilmagan fanini o‘rgatish mumkin? Mumkin emas bu”.

 

Rektor muammolarni birma-bir sanab, ularni bartaraf etish bo‘yicha o‘z takliflarini ham bildirib o‘tgan.


Shavkat Mirziyoyev professorga javoban: “Bu ko‘p emas, to‘g‘ri gap, qachonlardir gapirishimiz kerak. Shuning uchun pedagogika bo‘yicha qaror tayyorlanyapti, o‘z takliflaringizni berasiz”, – degan.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

57 ming o‘qituvchining yarimi universitetda o‘qimagan — professor | Zamon.uz