Farg‘onada voyaga yetmaganlarning tarovih namoziga kirishi taqiqlandi
Bu bo‘yicha deputat taklif kiritgan.

Kecha, 9-aprel kuni Xalq deputatlari So‘x tumani Kengashining navbatdagi 53-sessiyasi bo‘lib o‘tgan.
Unda deputat Subhonali Nishonov taklifi bilan sessiya kun tartibiga ilova sifatida kiritilgan masala – ro‘zai ramazon kunlarida voyaga yetmagan bolalarni faqat tarovih namoziga kirishlarini vaqtincha taqiqlash masalasi muhokama etilgan.
Ushbu masala bo‘yicha ishtirokchilar o‘zlarining fikr va tavsiyalarini bildirgan va ovoz berish tartibida deputatlar tomonidan tasdiqlangan.








