O'zbekiston

O‘zbekistonda Suv akademiyasi tashkil etiladi

Bu bo‘yicha Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

O‘zbekistonda Suv akademiyasi tashkil etiladi

 

Prezidentning “Suv ta’minoti sohasida malakali xodimlarni tayyorlash tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

 

Unga ko‘ra, suv zaxiralaridan oqilona va samarali foydalanish, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash, ularning professional saviyasini oshirish tizimini xalqaro standartlarga muvofiq tubdan takomillashtirish, soha menejmentida zamonaviy usullarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilib olingan. Shu sababli yagona ilmlar markaz – Suv ta’minoti sohasida mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish akademiyasi tashkil etiladi.

 

“O‘zsuvta’minot” AJ Suv akademiyasining muassisi hisoblanadi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Suv akademiyasi O‘zbekiston Respublikasi hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari hamda mustaqil tadqiqotchilar uchun suv ta’minoti sohasida ilmiy-amaliy izlanishlar orqali ilmiy daraja olish huquqini beruvchi ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 

Suv akademiyasiga 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab vazirliklar, idoralar va tadbirkorlik subektlarining ehtiyojlari va strategik rivojlanishidan kelib chiqqan holda, sohaviy xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy hamda muhandis-texnik kadrlarni tayyorlashni tashkil etish huquqi beriladi.

 

Akademiya Toshkent shahri Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasi, 151-uy manzilda joylashtiriladi. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Toshkent shahar hokimligi yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirmasdan ushbu manzilda joylashgan “Musaffo obi hayot” MCHJning 1,4 ga yer maydoni hamda ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarini (davlat ulushini) Suv akademiyasi tasarrufiga o‘tkazadi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

O‘zbekistonda Suv akademiyasi tashkil etiladi | Zamon.uz