0

Toshkentda salkam 7 ming dollar soxta pul aniqlandi

Uni sotayotgan 3 nafar shaxs DXX tomonidan qo‘lga olingan.

Toshkentda salkam 7 ming dollar soxta pul aniqlandi

 

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda qalbaki pul, qimmatli qog‘ozlarni tayyorlash va ular bilan muomala qilishni oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 3 nafar shaxs oldindan til biriktirib, boshqa bir fuqaroga 6900 AQSH dollarini noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtda tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan. Shuningdek, mazkur kupyuralar qalbaki ekanligi ham aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"