Jahon

Turkiya Ukrainaga yetkazib bergan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz qurilmalari taqdiri nima bo‘ldi?

Rossiya ularning katta qismini yo‘q qilgani aytilmoqda.

Turkiya Ukrainaga yetkazib bergan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz qurilmalari taqdiri nima bo‘ldi?

 

Ukrainadagi harbiy mojaro boshlanishidan ancha oldin Vladimir Zelenskiy Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan “Bayratkar TB2” qurilmalari bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. Shundan keyin Kiyev ushbu zarbdor qurilmalarning faol xaridoriga aylangan.

 

24-fevral kuni Rossiya bilan harbiy mojaro boshlangach, Ukraina qurolli kuchlari “Bayraktar”lardan keng foydalandi. Shunday bo‘lsada, bir oydan so‘ng, 25-martga kelib Rossiya Federasiyasi Kiyevda mavjud bo‘lgan qurilmaning 35 tasi yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

 

Bundan tashqari, 25-martdan 9-aprelga qadar kamida sakkizta “Bayraktar” urib tushirilgan.

 

“Reuters” agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyaning Baykar harbiy kompaniyasi Ukraina armiyasiga “Bayraktar”lar yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha kelishuvga erishganini aytmoqda. 

 

Moskva noroziliklariga javoban, rasmiy Anqara bu kelishuv xususiy korxonaga tegishli ekanini ta’kidlab keladi. Turkiya hukumatining pozisiyasi esa ikki urushayotgan davlatlar o‘rtasidagi muloqotni tiklash ekanligi qayd etilgan.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiya Ukrainaga yetkazib bergan “Bayraktar TB2” uchuvchisiz qurilmalari taqdiri nima bo‘ldi? | Zamon.uz