Rossiyaning Ukrainaga hujumiga AQSH aybdor
Amerikalik tadbirkor shunday xulosaga kelgan.

AQSH siyosati Rossiyaning Ukrainada maxsus operatsiya boshlashiga sabab bo‘li. Bu haqda American Conservative jurnali konferensiyasida amerikalik tadbirkor Devid Saks gapirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington bir necha marta ommaviy tarzda Ukrainani NATOga qabul qilish haqida gapirgan, ammo bunday niyati bo‘lmagan.
Shuningdek AQSH Rossiyaning pozitsiyasi befarq qaragan. Rossiya uchun Ukrainaining alyansga qirishi “qizil chiziq”ni bildirgan.
“Biz ruslarning eng dastlabki va muhim talabini bajarishdan bosh tortdik. Ukrainaga esa uni bajarmasligimizni tan olgan edik”, - dedi u.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “Associated Press” agentligiga bergan intervyusida agar Ukraina NATOda bo‘lganida bu urush bo‘lmasligini, yoki qo‘shnilari yordamida vaziyat boshqacha bo‘lishini aytgan edi.







