Jahon

Turkiya qiruvchi samolyotlar tufayli AQSHga “shantaj” qildi

Vashington Anqaraga F-16 yetkazib  berishni ortga surmoqda.

Turkiya qiruvchi samolyotlar tufayli AQSHga “shantaj” qildi

 

AQSH kongressi Turkiyaga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotishni inkor qilsa, Anqara Rossiyaning Su-57 samolyotlarini xarid qilishni ko‘rib chiqishi mumkin.  bu haqda Milliyet gazetasi xabar berdi.

 

Turkiya Vashingtondan 40 dona F-16 Block 70 samolyotlarini so‘ragan. Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, bu so‘rov javobsiz qoldiriladigan bo‘lsa, Anqara Moskva bilan Su-57 bo‘yicha muzokaralarni boshlashi mumkin.

 

Shuningdek, Fransiya va Buyuk Britaniyadan ham qiruvchi uchoqlar sotib olish ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga Kongress bu kelishuvni tasdiqlagan taqdirda Turkiyaning o‘zi ishlab chiqayotgan TF-X samolyotlari qurollanishga qabul qilingunga qadar mamlakat ehtiyojlari qoplanishi maʼlum qilingan.

 

AQSH 2019 yilda Turkiyaning Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan S-400 tizimlarini sotib olganiga javoban, F-35 qiruvchi samolyotlarini sotib olishni taqiqlab qo‘ydi. Shundan keyin Anqara F-16bo‘yicha so‘rov yuborgan. Ammo bu hamon javobsiz qolmoqda.

 

Avvalroq Turkiya Ukrainaga qo‘shimcha uchuvchisiz qurilma yetkazib berishi to‘g‘risida xabar berilgandi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiya qiruvchi samolyotlar tufayli AQSHga “shantaj” qildi | Zamon.uz