Isroil 2021 yilda qancha qurol sotgan?
Mamlakat mudofaa vazirligi bu bo‘yicha bayonot berdi.

Isroil o‘tgan yil davomida 11.3 milliard dollarlik qurol eksport qilgan. Bu haqda mamlakat mudofaa vazirligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, bu 2020 yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 3 milliard dollarga ko‘p. Mudofaa vazirligi bu rekord ko‘rsatkich ekanini taʼkidlagan.
Shuningdek, 2020 yilga nisbatan 30 foizga ko‘p yangi shartnomalar imzolangan.
Maʼlumot o‘rnida: Isroil dunyoning eng yirik qurol eksportyorlaridan biri. Jahon qurol-yarog‘ savdosida uning ulushi 3.0 foizni tashkil etadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan qurolning 80 foizga yaqini eksportga yo‘naltiriladi.
Avvalroq jahon mamlakatlarining qurol eksporti bo‘yicha statistikasi eʼlon qilingandi.







