Oq uy qator generallarni almashtirmoqchi
Bu Pentagon strategiyasi o‘zgarganidan dalolat beradi.

Jozef Bayden administratsiyasi harbiy qo‘mondonlikda qator kadrlar tayinlovini amalga oshirmoqchi. Bk haqda The Wall Street Journal gazetasi xabar berdi.
Gap Amerika armiyasining Yevropadagi qo‘mondonligi haqida ketmoqda. Xususan, hozirda AQSH qurolli kuchlarining Yevropa bo‘linmasi, shuningdek, NATO birlashgan kuchlari oliy bosh qo‘mondoni. Tod Uolters Kristofer Navoliga almashtiriladi. Navoli hozirda Afrika va Yevropadagi AQSH qo‘shinlariga rahbarlik qilmoqda.
Bundan tashqari, qurolli kuchlar maxsus operatsiyalar qo‘mondonligi rahbari general Richard Klark o‘rniga general Brayan Fenton kelishi kutilmoqda. Fenton AQSH maxsus kuchlari qo‘mondonligi birlashmasini boshqaradi.
Gazetaning qayd etishicha, bu kabi kadrlar almashinuvi Vashingtonning asosiy eʼtiborni Yaqin Sharqdan Osiyoga qaratganidan dalolat beradi.
Administratsiya Uolters va Klarkni 2022-yilda isteʼfoga chiqarishni mo‘ljallamoqda. Ularning o‘rniga tayinlanganlar esa shu yilning yozida lavozimiga kirishadi, ammo ular bundan avval AQSH senati tasdig‘idan o‘tishi kerak.
Avvalroq AQSH quruqlik qo‘shinlari soni qisqartirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







