Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda
Bu haqda deputat Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.

Unga ko‘ra maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilari foyda solig‘idan ular tomonidan kiritilgan investitsiyalar hajmiga qarab:
- 3 million AQSH dollaridan 5 million AQSH dollarigacha miqdorda - 3 yil muddatga;
- 5 million AQSH dollaridan 15 million AQSH dollarigacha miqdorda - 5 yil muddatga;
- 15 million AQSH dollari va undan yuqori miqdorda investitsiyalar kiritilganda - 10 yil muddatga ozod etiladi.
"Taʼkidlash joizki, ushbu qonun loyihasini ishlab chiqishga Prezidentning 2021 yil 14 sentyabrdagi "Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilarini yana-da qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5243-son qaroridagi vazifalar va erkin iqtisodiy zonalarning 100 dan ortiq ishtirokchilari murojaatlari asos bo‘lgan", — degan deputat.
Kusherbayevning qo‘shimcha qilishicha, qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.







