Toshkentda itni o‘ldirgan erkak ikki marta sud qilindi
Unga nisbatan 2,5 mln so'm jarima tayinlangan.

“Hayot” hayvonlarni himoya qilish jamiyatining xabar qilishicha, 2-aprel kuni Toshkent shahrida erkak itni o‘ldirib, uyining vannaxonasiga osib qo‘ygan.
Mazkur ish bo‘yicha 4-aprel kuni birinchi sud majlisi bo‘lib o‘tgan, unda erkak bezorilik fakti bilan 5 sutkaga qamalgan.
Jamoatchilik talabi bilan 11-aprel kuni o‘tkazilgan ikkinchi sud majlisida unga nisbatan eng kam ish haqining 3 baravari (deyarli 2,5 million so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Bundan tashqari, sudlanuvchining singlisiga himoya orderi ham berilgan.
Bunga uning akasi uyda qiz do‘stlari bilan doimiy ravishda mast holatda bo‘lishi sabab qilib ko‘rsatilgan.








