AQSH Ukrainaga vertolyot yetkazib berishi mumkin
Kiyevga yangi harbiy yordam paketi ishlab chiqilmoqda.

Pentagon Ukrainaga Mi-17 vertolyotlari va Humvee yo‘ltanlamas mashinalarini yetkazib bermoqchi. Bu haqda The Vashington Post Oq uydagi manbalariga tayanib xabar berdi.
Unga ko‘ra, Kiyevga taqdim etiladigan yangi harbiy yordam paketi 750 million dollarga baholanmoqda. Shu bilan birga u o‘z ichiga qaysi turdagi qurollarni olishi hozircha nomaʼlum.
Ammo uni ishlab chiqishda artilleriya qurilmalari, dronlar, radiatsion, kimyoviy va biologik himoya vositalari yetkazib berish taklif qilingan.
Avvalroq Buyuk Britaniya Ukraina mudofaasiga 100 million funt ajratishi to‘g‘risida xabar berilgandi.







