Poytaxt hokimiga yangi o'rinbosar tayinlandi
Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xen Aleksey Fedorovich Toshkent shahar hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U shahar hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari — Raqamli rivojlanish departamenti rahbari bo‘ldi.
Bungacha mazkur departament direktorining birinchi o‘rinbosari edi.
Aleksey Xen 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Maʼlumoti oliy. 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi TDYUU) tamomlagan.







