O'zbekiston

Soch

Bolalar moʻjizalarga ishongani uchun ham ko‘ngillarga umid bag‘ishlashadi.

Soch

 

“Men ularni yaxshi taniyman. Ismlari, yashash manzili, nima ish qilishlarini bilmasam ham. Deyarli har kuni kechki payt metro vagonida uchrataman. O‘ttizdan oshgan erkak va uning chamasi sakkiz yoshlardagi qizi. Aslida e’tiborimni qizaloqning uzun sochlari tortgan. Chunki doim sochim uzun bo‘lishini istaganman-u, lekin hech o‘stira olmayman-da... 

 

Ularning qo‘llaridagi sumkaning ichida ovqat idishlari borligi yaqqol ko‘rinib turadi. Shifoxonadan qaytishayapti — taxmin qilaman. Bir kun ota g‘amgin uh tortdi. Qizcha otasining qo‘llaridan qo‘llarini o‘tkazib olgandi, kafti bilan dadasining kaftini siqdi va ko‘zlariga qarab jilmaydi. Otasi peshanasidan o‘pib qo‘ydi. Ko‘zlarida yosh miltilladi. Ertasiga yana ko‘rdim, qizaloqning ko‘zlari yig‘idan qizargan. O‘rindiqqa o‘tirgach, dadasidan so‘radi:

 

— Onamning sochlari o‘ssa, tuzalib ketadimi? Men ularga sochlarimni kesib beray, dada...

 

Qizaloqning g‘amgin, ammo umidli so‘zlaridan metro yaqinida onkologiya shifoxonasi borligi xayolimga keldi. Uning onasi saraton xastaligiga uchragan ekan-da... Murg‘ak yurakchaning niyati ijobat bo‘lib, onasi dardiga davo topishini men ham Yaratgandan so‘radim. Siz ham duo  qiling, barcha onalar, otalar farzandlari baxtiga sog‘ bo‘lishsin...


Bolalar moʻjizalarga ishongani uchun ham ko‘ngillarga umid bag‘ishlashadi”.

 

Muallif: Shoira Shagiahmedova 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Soch | Zamon.uz