Jahon

Toliblar boshqaruvi davrida Afg‘onistonda har uchinchi korxona yopilgan – Jahon Banki

Shuningdek, mamlakatda korrupsiya kamaygani qayd etilgan.

Toliblar boshqaruvi davrida Afg‘onistonda har uchinchi korxona yopilgan – Jahon Banki

 

Jahon Banki “Tolibon” hukmronligi davrida Afg‘onistondagi biznes haqida hisobot tayyorladi.

 

Unga ko‘ra, toliblar boshqaruvi davrida har uchinchi korxona faoliyatni to‘xtatgan. Masalan, kichik biznesda bu ko‘rsatkich 38 foizni, o‘rta biznesda 25 foizni va yirik biznesda 35 foizni tashkil etgan.

 

Bank so‘rovnomalarida ishtirok etgan tadbirkorlarning 82 foizi mahsulotga bo‘lgan talab pasayganini maʼlum qilgan. Bu esa daromadlar pasayishi va aholi xarid quvvatining kamayib ketishi bilan bog‘liq.

 

Mamlakat iqtisodiyotining eng barqaror tarmog‘i sifatida qishloq xo‘jaligi tan olingan. shuningdek, ulgurji va chakana savdo ham uncha katta zarar ko‘rmagan: bu turdagi korxonalarning 20 foizi yopilgan.

 

Tadbirkorlar o‘z xodimlarining yarmini ishdan bo‘shatgan. Shuningdek, 75 foiz ayollar ishidan ayrilgan. Ichki va tashqi resurslarni qo‘lga kiritish qiyinlashgan.

 

Shu bilan birga so‘rovnomada ishtirok etgan 60 foiz erkak va 33 foiz ayollar biznes uchun  nisbatan xavfsiz muhit shakllanganini taʼkidlagan. Deyarli barcha respondentlar korrupsiya kamayganini qayd etgan.

 

Avvalroq Eronning Afg‘onistondagi konsulxonasiga hujum uyushtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.