Toshkentda mashina salonidan tanasini chiqarib harakatlangan ayolga chora ko‘rildi
Poytaxt IIBB holat bo‘yicha rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, 17-mart kuni soat 21.00 atrofida “Chevrolet Lacetti” rusumli avtomashina haydovchisi transport vositasini Chilonzor tumanida boshqarib borayotgan vaqtida uning ichidagi ayol mashina salonidan tana qismini chiqarib harakatlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 138-moddasi 4-qismi (“Transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yo‘lovchi tomonidan tana qismlarini (qo‘ldan tashqari) salondan chiqarish”) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ular bilan profilaktik suxbat o‘tkazilgan.








