Turkiya dunyo yangi sovuq urush davriga kirganini bildirdi
Urushning oqibatlari o'nlab yillar davom etadi – Ibrohim Kalin.

Dunyo sovuq urushning yangi davriga kirdi, uning oqibatlari o'nlab yillar davom etadi. Bu fikrni Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Kalin bildirdi.
"Ukraina inqirozi chuqurlashishda davom etmoqda. Biz Sovuq urushning yangi davriga kirdik. Bu urush oqibatlari oʻnlab yillar davom etadi", - deb yozdi Rajab Toyyib Erdoʻgʻonning matbuot kotibi Twitter’dagi sahifasida.








