O'zbekiston

Yuridik universitet rektori jarimaga tortildi

Oliygoh rahbariyati madaniy merosdan foydalanish qoidalarini buzgani uchun sud qilingan.

Yuridik universitet rektori jarimaga tortildi

 

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, “Sayilgoh” ko‘chasida joylashgan, XIX asrga oid betakror arxitektura yodgorligi bo‘lgan (sobiq Erkaklar va Ayollar gimnaziyasi) Toshkent Davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan o‘rganilganida, tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib qayd etish taxtachalari o‘rnatilgani va atroflari bo‘yalgani, sovutkich (kondisioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatilgani aniqlangan.

 

Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmagani sababli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 31.03.2022 yilgi qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanildi.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Yuridik universitet rektori jarimaga tortildi | Zamon.uz