O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev mashinasozlikni rivojlantirish rejalari bilan tanishdi

Taqdimotda eskirgan traktorlardan to‘liq voz kechib, yangi milliy traktor modelini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

Shavkat Mirziyoyev mashinasozlikni rivojlantirish rejalari bilan tanishdi


 

Bugun, 14 aprel kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasterini rivojlantirish rejalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

 

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 iyuldagi qaroriga muvofiq, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqarish va sotib olishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi tizim yaratilgan. Bu o‘z natijalarini berib, fermer va dehqonlar unumdor texnikalarga ega bo‘lmoqda. Jumladan, shu yil birinchi chorakning o‘zida 1 ming 600 ta texnika uchun 23 milliard so‘m subsidiya ajratilgan.

 

Modernizasiya natijasida 2021 yilda traktorlar tannarxi 4 ming 600 dollarga arzonlashtirilgan. Ayni paytda ilgari zarar bilan ishlagan tarmoq korxonalari foydaga chiqqan.

 

Sohani sanoat klasteri usulida rivojlantirish maqsadida Chirchiqda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi klasteri tashkil etilmoqda. Bugungi kunda u yerga sobiq “Texnolog” va “Agregat” zavodlari uskunalari to‘liq ko‘chirilgan.

 

Taqdimotda shunday ishlar va navbatdagi rejalar ko‘rib chiqilgan.

 

– Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi – katta va muhim tarmoq. Bu hosildorlik yuqoriligi, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq masala. Zamonaviy texnikalar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, sifat va xizmat nuqtai nazaridan hali qilinadigan ishlar ko‘p, – degan Shavkat Mirziyoyev.

 

Bu ishlarni tizimli olib borish uchun Bosh vazir rahbarligida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi masalalari bo‘yicha komissiya tuzilishi belgilangan.

 

Avvalo, Chirchiqdagi klasterga ko‘chirilgan quvvatlar negizida kultivator, seyalka, kosilka, chizel, borona ishlab chiqarishni boshlash zarurligi ta’kidlangan. Shuningdek, Toshkent traktor zavodini ham ko‘chirib, klasterni 2023 yil yanvardan to‘liq ishga tushirish vazifasi qo‘yilgan. Ungacha agroklasterlar va fermerlar talabini o‘rganib, aniq buyurtmalarni shakllantirish muhimligi aytilgan.

 

Mutasaddilarga yerni lazer orqali tekislash texnikalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish topshirilgan. Eskirgan traktorlardan to‘liq voz kechib, yangi milliy traktor modelini yaratish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

 

Paxtani kombaynda terish ulushi joriy yilda 35 foizga, 2023 yilda esa 50 foizga yetkazilishi qayd etilgan.

 

Yil yakunigacha Andijonda metall quyish zavodini ishga tushirib hamda 90 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirib, texnikalar tannarxini kamida 12 foizga kamaytirish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan.

 

Prezident mashinasozlikda savdo va servis xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha yaxlit tizim yaratish, 14 ta hududda servis markazi va 100 ta mobil guruhlar tashkil etish zarurligini ta’kidlagan.

 

Yangi texnikalar, umuman, qishloq xo‘jaligi mexanizasiyasi bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish bo‘yicha ham vazifalar belgilangan.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev mashinasozlikni rivojlantirish rejalari bilan tanishdi | Zamon.uz