Surxondaryoda uka o‘z opasining 12 mln so‘mlik tilla zanjirini o‘g‘irladi
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi ochilgan.

Joriy yilning 29-mart kuni viloyat IIBga Denov tumanida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushadi. Murojaatda uning o‘z ukasi tomonidan 1 dona 12 mln so‘mlik tilla zanjir va 1 dona 1,2 mln so‘mlik tilla uzuk o‘g‘irlab ketilgani ma’lum qilingan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari davomida mazkur o‘g‘irlik haqiqatan ham uning o‘z ukasi tomonidan sodir etgani aniqlanib, ushlangan va ashyoviy dalil olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.








