Toshkentda animatsion filmlar forumi o‘tkaziladi
Forumning eʼtiborli jihati, unda chet eldan etalon negativlari qaytarilgan o‘zbek multfilmlari ilk bor keng jamoatchilikka namoyish etiladi

Forum doirasida 10ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.
Toshkentda 18-22 aprel kunlari Tashkent International Animation Forum (TIAF) bo‘lib o‘tadi Animatsion forum Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan ko‘plab xorij kinostudiyalar bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
Unda Germaniya, Gruziya, Isroil, Ozarbayjon, Tojikiston, Rossiya, Ukraina va Chexiya davlatlaridan animatsiya mutaxassislari, shu bilan bir qatorda o‘zbek animatorlari va “Aqlvoy”, “Bolajon” telekanallaridan vakillar ishtirok etadi.
Forum doirasida mohir animatorlar tomonidan taqdimotlar, mahorat darslari, master-klaslar, ijodiy uchrashuvlar va shu kabi qator tadbirlar o‘tkaziladi. Jumladan, 10ga yaqin davlatdan tashrif buyurgan animatsiya sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan seminar-treninglar bo‘lib o‘tadi.







