Toshkentning 4 ta ko‘chasi va 1 ta chorraha yopilmoqda
Shahar hokimligi cheklov qo‘yilayotgan ko‘chalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Yo‘l ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan shaharning quyidagi ko‘chalarida transport harakati vaqtincha cheklanib, yo‘llarning bir tarafi yopiladi:
— Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol ko‘chasi;
— Shayxontohur tumanidagi Labzak ko‘chasi;
— Olmazor tumanidagi Zarqaynar ko‘chasi;
— Olmazor tumanidagi Sag‘bon va Abdulla Nabiyev ko‘chalari chorrahasi;
— Uchtepa tumanidagi Istirohat ko‘chasi.
Mazkur ko‘chalarda 15 aprel kuni soat 6:00 dan boshlab transport harakati to‘liq tiklanadi.
“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, — deyiladi rasmiy xabarda.








