Turkiya Rossiyaga qarshi sanksiyalar BMT tomonidan ma’qullansa amal qiladi
Anqaraning bu borada harakatlari xalqaro huquqqa asoslangan
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Rossiyaga nisbatan cheklov choralari BMT darajasida ma’qullansa, ularga amal qilishin bildirdi. Bu haqda “Anadolu Agency” xabar berdi.
Chavusho’g’li Turkiyaning bu borada harakatlari xalqaro huquqqa asoslanganligini qo’shimcha qilgan.
Shuningdek Tashqi ishlar vaziri Ukraina bilan bogʻliq mavjud vaziyatning qiyinchiliklariga qaramay, u yerda oʻt ochishni toʻxtatish imkoniyati saqlanib qolmoqdaligini, Anqara Ukraina va Rossiya oʻrtasida yangi muzokaralar tashkil etish boʻyicha saʼy-harakatlarni davom ettirishini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya dunyo yangi sovuq urush davriga kirganini bildirgandi.







