15-aprel — O‘zbekistonda madaniyat va sanʼat xodimlari kuni
Madaniyat vaziri soha vakillariga tabrik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasida madaniyat va sanʼat sohasini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra 15 aprel sanasi “O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” sifatida nishonlanadi.
Ushbu kun munosabati bilan Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov barcha xodimlarni tabrikladi.
Bugungi bayram va bildirilayotgan samimiy tabriklar ana shu qaynoq mehr ifodasi sifatida teatr, sirk, kino, tasviriy va amaliy sanʼat, folklor va mumtoz maqom sanʼati vakillari, o‘qituvchi va murabbiylar, shoir va adiblar, xonanda, sozanda va bastakorlar, dramaturg va rejissyorlar, sahna rassomlari va texnik xodimlar, hunarmandlar, muzeyshunoslar, respublikamiz hududlarida ommaviy-madaniy hamda konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etib, elimizga sidqidildan xizmat qilayotgan sohaning barcha xodimlari, jamiki ijod ahliga daxldordir







