Germaniya harbiy xarajatlarga qo‘shimcha 2 mlrd yevro ajratmoqchi
Bu mablag‘, asosan, Ukraina uchun yordamga sarflanadi.

Germaniya kansleri Olaf Shols mamlakat harbiy budjetini 2 milliard yevroga oshirmoqchi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu mablag‘ asosan Ukraina uchun yordam ko‘rsatish maqsadida yangi harbiy texnikalarga sarflanadi. Shu bilan bir qatorda 400 million yevro Yevropa tinchlik fondiga ajratiladi. Ushbu fond Ukraina uchun qurol sotib oladi.
Qolgan pullar bevosita Kiyevga va boshqa davlatlarga beriladi.
Avvalroq Germaniya qurol omborlarida zaxiralar kam qolganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.








