Rossiya YUNESKO tarkibidan chiqariladimi?
Federatsiyaning xalqaro tashkilotdagi vakili bunga oydinlik kiritdi.

Avvalroq Ukraina Rossiyani YUNESKOdan chiqarib yuborishni talab qilgandi. Federatsiyaning xalqaro tashkilotdagi doimiy vakili, elchi Aleksandr Kuznetsov davom etayotgan voqealar fonida mamlakatning YUNESKO tarkibidan chiqishi uchun hech qanday asos yo‘qligini ma'lum qildi.
“YUNESKO Yevropa Kengashi emas, bu global tashkilot, global gumanitar forum, u 193 ta a’zo davlatdan iborat bo‘lib, ular orasida bizning ko‘plab do‘stlarimiz va hamkorlarimiz bor”, - degan u.
Kuznetsovning aytishicha, Gʻarb davlatlarining Rossiyani maxsus harbiy operasiya sabab YUNESKOda yakkalab qo‘yishga urinishlari Xitoy va Hindiston “konstruktiv yondashuvini o‘zgartirmagani” tufayli muvaffaqiyasizlikka uchragan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 16-mart kuni Yevropa Kengashi a’zoligini to‘xtatdi. Bunday qaror Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan. Yevropa Ittifoqi esa Rossiyaning o‘zi Yevropa Kengashidan chiqishga qaror qilgani haqida xabar bergan.








