Rossiyaning Qora dengizdagi “Moskva” kreyseri cho‘kib ketdi
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi.

“Moskva” raketa kreyseri belgilangan portga olib ketayotganda korpusining shikastlanishi tufayli cho‘kib ketgan. Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, kreys korpusi o‘q-dorilarning portlashi va yong‘in natijasida shikastlangan.
“Moskva” kreyseri belgilangan portga olib ketayotganda korpusi shikastlangani uchun barqarorligini yo‘qotdi. Dengizdagi to‘foni tufayli kema cho‘kib ketdi", — deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi xabarida.
Kreyser ekipaji Qora dengiz flotining boshqa kemalariga evakuatsiya qilindi.







