O'zbekiston

Samarqandga elektobuslar keltirilishi kutilmoqda

Viloyatga yangi avtobuslar olib kelish orqali 800 dan ortiq ish o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Samarqandga elektobuslar keltirilishi kutilmoqda

 

Samarqand viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida soha mutasaddilari tizimda kutilayotgan qator yangiliklar haqida ma’lumot berdi.

 

Xususan, jamoat transporti xizmat sifatini oshirish, ma’nan eskirgan avtobuslarni yangilariga almashtirish, uning ishlash mexanizmini tartibga solish rejalashtirilgan. Birinchi navbatda, avtobus parkini yangilash, “yashil shahar” loyihasi doirasida elektrobuslar va zamonaviy avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yish kabi yechimini kutayotgan muhim masalalar bo‘yicha qator amaliy ishlar boshlangan.  

 

Shu yil fevral oyida viloyat investisiyalar boshqarmasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining mamlakatimizdagi vakili ishtirokida qulay transport tizimini yaratishda elektrobuslarning harakatini yo‘lga qo‘yish muhokama qilingan va bu bo‘yicha loyiha ishlab chiqilgan.
Boshqarma boshlig‘ining so‘zlariga qo‘ra,  ushbu loyiha doirasida yevropalik mutaxassislar Samarqand shahrida bo‘lgan va jarayon bilan tanishgan. Hozirda YeTTB mutaxassislari tomonidan elektrobuslar xaridi borasida texnik shart va tender hujjatlari tayyorlanyapti.

 

Yangidan tashkil qilingan “Samarqandyo‘lovchitrans” davlat korxonasiga yangi zamonaviy avtobuslar olib kelinishi bilan haydovchi va texnik xodimlarni ishga qabul qilish orqali 800 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Transport infratuzilmasini yangi bosqichga olib chiqish uchun loyihaga asosan avtobuslar 43 ta yo‘nalish bo‘yicha harakatlanadi. Ushbu yo‘nalishlarning 10 tasi asosiy tashuv yo‘nalishi hisoblansa, qolgan 33 ta yordamchi yo‘nalishlardir. Bu bilan hozirda mavjud muammolarga, ya’ni bekatlarda ortiqcha to‘xtash, oraliq vaqtga amal qilmaslik, kimo‘zarga quvib o‘tishlarga barham beriladi. Shu bilan birga, avtobuslar qatnovi kechki payt belgilangan vaqtgacha davom etadi. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida barcha avtobuslarga kuzatuv kameralari o‘rnatiladi hamda JPC tizimi orqali nazorat qilinadi.

 

Ta’kidlanishicha, Samarqandda qulay transport tizimini yaratish loyihasining  yana bir ahamiyatli tomoni shundaki, olib kelinishi rejalashtirilgan avtobuslar zamonaviy talablarga to‘liq javob beradi. Shuningdek, naqd pulsiz to‘lov turiga mo‘ljallangan, isitish-sovutish tizimi mavjud hamda jismoniy imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun bir qator qulayliklarga ega.

 

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Samarqandga elektobuslar keltirilishi kutilmoqda | Zamon.uz