O'zbekiston

DXX Kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi

Prezident 15-aprelda “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

DXX Kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi

 

Qonunga ko‘ra, kibermakonda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qilish davlatning kiberxavfsizligini taʼminlashda ustuvor hisoblanadi. Kiberxavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Prezident belgilaydi. Sohaning vakolatli organi etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilandi.

 

Qonunga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlari kiberxavfsizlikni taʼminlash maqsadida vakolatli davlat organidan kibertahdidlar, dasturiy taʼminotdagi, uskunalar va texnologiyalardagi zaifliklar to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.

 

Davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari hamda resurslari maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlash maʼlumotlarning zaxira nusxalarini yaratish yo‘li bilan amalga oshiriladi, ularning saqlanish muddati oxirgi 3 oydan kam bo‘lmasligi kerak.

 

Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan ekspertiza majburiy tartibda yoki kiberxavfsizlik subyektlarining tashabbusiga ko‘ra amalga oshiriladi.

 

Quyidagilar kiberxavfsizlik talablariga muvofiqlik yuzasidan majburiy tartibda ekspertizadan o‘tkazilishi lozim:

davlat organlarining axborot resurslari;

davlat organlarining axborot tizimlari;

muhim axborot infratuzilmasi obyektlari toifasiga kiritilgan axborot tizimlari.

Ekspertiza o‘tkazish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi.

 

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari axborot tizimlari hamda resurslarining kiberxavfsizligini taʼminlash uchun qo‘llaniladigan apparat, apparat-dasturiy va dasturiy vositalar majburiy tartibda sertifikatlashtirilishi lozim.

 

Axborot tizimlari va resurslarida aniqlangan zaifliklar, kibertahdidlar, kiberhujumlar hamda boshqa buzg‘unchilik harakatlari to‘g‘risidagi, shuningdek axborotlashtirish obyektlari haqidagi axborot ularni himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilganidan keyin kiberxavfsizlik subyektining ruxsati bilan oshkor qilinishi mumkin.

 

Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

DXX Kiberxavfsizlik bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi | Zamon.uz