Monopoliya savobli amalning ham etagidan changalladi
Umra to‘lovi Ramazon oyida 17 790 000 so‘mdan 22 900 000 so‘mga asossiz oshirildi.

Narx oshishi izohlab berilmadi. Aksincha, ramazon vaqtida ziyoratchilarga tushlik berilmasligi natijasida xarajat kamaymaydimi?
2 kishilik xonaga 4 kishi joylashtirildi. Hamma jim. Umra uchun to‘lov faqat Aloqa bankda to‘lanishi kerak emish. Ko‘p tumanlarda Aloqa bank filiali mavjud emasligini hisobga olsak, bu ham qiyinchilik tug‘dirmaydimi?
Eng qiziq holatni aytaymi? Pulingizni bir qismi naq ko‘rinishda va bir qismi plastik kartada bo‘lganida qabul qilishni imkoni yo‘q emish.
22 900 000 so‘m to‘lov to‘liq naq ko‘rinishida yoki plastik ko‘rinishida to‘lanishi lozim emish. Monopoliyangdan aylanay"







