Samarqandda “Agrobank” xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
U fuqaro o‘qishini xorijdan ko‘chirish uchun qalbaki hujjat tayyorlagan.

Xabar qilinishicha, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o'tkazilgan.
Unda Samarqand shahridagi o‘quv markazlaridan birining rahbari va “Agrobank” xodimi 5 ming AQSH dollari evaziga mahalliy fuqaroni Ukraina oliygohining 1-kursida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab, keyinchalik o‘qishini Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga ko‘chirib berishni va’da qilib, so‘ralgan pulning 2500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.








