Sochidan Urganchga ilk parvoz amalga oshirildi
Ushbu yo‘nalishda keyingi reyslar qachon amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Kecha, 15-aprel kuni soat 22:00 da Rossiya Federasiyasi aviakompaniyasining “Сухо суперджет” havo kemasi Urganch Xalqaro ayeroportiga kelib qo‘ndi. Bu haqda Xorazm viloyati transport boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, aviakompaniyaning “Sochi–Urganch–Sochi” yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozi tantanali ravishda kutib olingan.
Endi ushbu yo‘nalishda parvozlar haftada 2 marotaba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi.








