Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochildi
Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan Davlat qurilishi akademiyasida o’tkazilgan tayyorlov kursidan o‘tganlarga sertifikat topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tayyorlov kurslari xorijda yangi tashkil etiladigan vakolatxonalar uchun malakali xodimlarni tayyorlash maqsadida ochilgan.
Endilikda Rossiya Federatsiyasining Tula, Voronej, Volgograd, Nijegorod, Irkutsk, Amur viloyatlari, Krasnodar, Krasnoyarsk, Perm o‘lkalari, Xanti-Mansiysk avtonom okrugi, Qozog‘istonning Chimkent va Turkiyaning Istanbul shaharlarida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining yangi vakolatxonalari ochilishi hisobiga xorijdagi vakillik instituti geografiyasi yanada kengayadi.
Hozirda Agentlikning Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Ufa, Novosibrsk, Yekaterinburg shaharlari, Koreya Respublikasining Kvandju shahrida vakolatxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.







