Afg‘oniston va O‘zbekiston temiryo‘llar sohasida hamkorlikni to‘xtatadimi?
12-14-aprel kunlar ushbu masalada ikki tomonlama muzokara bo‘lib o‘tgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmatining xabar qilishicha, 12-14-aprel kunlari Termiz shahrida Afg‘oniston temir yo‘llari boshqarmasi raisi Baxturrahmon Sharafat boshchiligidagi Afg‘oniston delegatsiyasi bilan muzokaralar bo‘lib o‘tgan.
Unda Afg‘oniston tomoni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikni mustahkamlash niyatida ekanligini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, ular OAVda Afg‘oniston “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ bilan hamkorlikni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqidagi ma’lumotni rad etgan.
Bundan tashqari, Afg‘oniston tomoni “Sogdiana-Trans” SHK (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli)ning “Hayraton – Mozori Sharif” temir yo‘l liniyasining ekspluatasiyasi bo‘yicha olib borayotgan ishlaridan to‘liq mamnunligini bildirgan.








