AQSHdagi savdo markazida otishma yuz berdi
Hodisa oqibatida 12 nafar tinch aholi vakillari jarohatlangan.

AQSHning Janubiy Karolina shtatidagi savdo markazida otishma yuz berdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, otishmaga aloqadorlikda gumon qilinib, o‘qotar qurol olib yurgan uch kishi hibsga olingan. Ulardan kamida bittasi o‘q uzgani tasdiqlangan.
Halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Jarohatlangan 12 kishidan sakkiz nafari kasalxonaga yotqizilgan, ikki nafarining ahvoli og‘ir. Yaradorlar 15-73 yosh atrofida.
Hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda.








