Namangan shahridagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida xonadon egasi kuyish tan jarohati olgan.

Kecha, 16 aprel kuni soat 11.43 da Namangan shahrining “Xalqlar do‘stligi” MFY hududidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
Hodisa oqibatida xonadonning 1 dona yotoq divani, 2 dona ko‘rpachalari yonib zararlangan. Xonadon egasi kuyish tan jarohati bilan Tez tibbiy yordam bo‘limiga yuborilgan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.








